Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Kambag‘al oilalarga kredit ajratish tartibi belgilandi

Kambag‘al oilalarga kredit ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (612-son, 30.09.2025 y.) bilan “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

✅ Nizom “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kambag‘al oilalarga quyidagilarni sotib olish uchun kreditlar ajratish tartibini belgilaydi:

▪️ noutbuk;
▪️ tadbirkorlikni boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari;
▪️ ko‘chma do‘kon, motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalar.

📝 Dastur doirasida kredit arizalari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki, zarur hollarda, “mahalla yettiligi” ko‘magi asosida platforma orqali taqdim etiladi.

⏳ Arizalar skoring baholash natijalariga ko‘ra 1 ish kunida ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.

📙 Biriktirilgan rahbar arizani 5 ish kunida joyiga chiqqan holda o‘rganadi.

📑 O‘rganish natijasi bo‘yicha fotohisobot va kredit ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosani platformaga joylashtiradi.

💸 Qarz oluvchilarga kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi foiz stavkasida ustama haq to‘lash sharti bilan quyidagicha ajratiladi:

🔹 15 mln so‘mgacha bo‘lgan 1 ta noutbuk sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan;

🔹 tadbirkorlikni boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan.

Kiritildi: 20:55 02.10.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!