Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan 23 ming odamga o‘z yaqini qaramoqda

A A A
Kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan 23 ming odamga o‘z yaqini qaramoqda

Kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan 23 ming odamga ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, aka-ukasi yoki opa-singlisi qarab o‘tiribdi.

Kelgusi yildan mahalladagi ijtimoiy xodimlar va xususiy sektor ishtirokida bu odamlarni 19 mingiga uyida va 4 mingiga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yo‘lga qo‘yiladi.

Natijada yaqiniga qarab turgan 15 ming aholinining ishlashiga sharoit yaratiladi.

Xususiy sektor bunday xizmatni ko‘rsatgan kambag‘al oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi.

Bu tajriba Toshkent shahrida 1 martgacha, boshqa hududlarda yil yakunigacha yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Kiritildi: 11:25 13.12.2024. O'qildi: 981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!