Evropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Yaqin Sharqdagi vaziyat Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
Kallas bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G7 tashqi ishlar vazirlarining bo‘lajak uchrashuvida nafaqat Yaqin Sharqdagi keskinlikni pasaytirish yo‘llari, balki Ukrainadagi vaziyat ham muhokama qilinadi.
"Yaqin Sharq va Ukrainadagi urushlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. G7 hamkorlarimiz bilan birgalikda biz Yaqin Sharqdagi keskinlikni pasaytirishga qanday yordam berishni muhokama qilamiz, chunki urush oqibatlari butun dunyoda keskin sezilmoqda", deyiladi nashrda.
"Shu bilan birga, biz Ukrainani e’tiborsiz qoldirolmaymiz. Rossiyaning tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga hujumlari kun sayin kuchayib bormoqda. Biz Rossiyani bu urushni tugatish va vijdonan muzokara olib borish uchun bosim o‘tkazishda davom etishimiz kerak", deb ta’kidladi Kallas.