Evropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Yevropa Ittifoqi uchun yagona armiya tuzish g‘oyasiga qarshi chiqdi. Uning ta’kidlashicha, bunday tuzilma mavjud harbiy mexanizmlarni takrorlashi va mudofaa sohasida tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Kallasning aytishicha, YEIga a’zo davlatlarning o‘z milliy armiyalari mavjud, ularning aksariyati esa NATO tarkibiga ham kiradi. Shu bois yana bir parallel harbiy tuzilma yaratish maqsadga muvofiq emas.
Shu bilan birga, YEIda mudofaa sohasida hamkorlikni kuchaytirish tarafdorlari ham bor. Avvalroq Andryus Kubilyus Yevropa o‘z xavfsizligi uchun ko‘proq mas’uliyatni zimmasiga olishi va mustaqil mudofaa salohiyatini rivojlantirishi kerakligini bildirgan edi.