1000 ga yaqin mahbus Kaliforniya janubidagi o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga yordam bermoqda. Bu haqda Newsweek jurnali Kaliforniya tuzatishlar va reabilitasiya departamentiga tayanib xabar berdi .
Nashrning aniqlik kiritishicha, gap mayda jinoyat sodir etgan shaxslar haqida ketmoqda. Ayni paytda yong‘in tarqalishini sekinlashtirish uchun yong‘indan himoya qilish liniyalarini qurish ishlariga 939 kishi jalb etilgan.