Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Kaliforniyada sodir bo‘lgan 7,0 magnitudali zilziladan keyin 5 milliondan ortiq odam sunami haqida ogohlantirish oldi

A A A
Kaliforniyada sodir bo‘lgan 7,0 magnitudali zilziladan keyin 5 milliondan ortiq odam sunami haqida ogohlantirish oldi

Kaliforniya shimolidagi 5 milliondan ortiq aholi payshanba kuni sodir bo‘lgan 7,0 magnitudali zilziladan so‘ng sunami xavfi haqida ogohlantirildi.

AQSh Geologik xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, Kaliforniya shimolidagi Gumboldt okrugidagi Ferndeyla shahri yaqinida 10:44 da kuchli zilzila sodir bo‘lgan.

AQSh Milliy ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, sunami haqida ogohlantirish Oregon shtatidan San-Fransisko ko‘rfaziga qadar cho‘zilgan.

Shimoliy Kaliforniya sohillari, shuningdek, Markaziy vodiyda yashovchilar zilzilani his qilishgan.

Zarar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

San-Fransisko ko‘rfazi hududi tezkor tranziti (BART) tizimi San-Fransisko va Oklend o‘rtasidagi dengiz osti tunnel bo‘ylab barcha yo‘nalishlarda poyezdlar qatnovini to‘xtatdi, deya xabar beradi mahalliy OAV.

Kiritildi: 12:03 06.12.2024. O'qildi: 557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!