AQShning Kaliforniya shtatida sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Forbes jurnali ma’lum qildi.
Shtatning janubiy qismida yomg‘irli ob-havo hukm surdi, kuchli shamol tezligi 40 m/s dan oshdi. Kaliforniya shimolida kuchli qor yog‘moqda.
Kuchli ob-havo tufayli shtatdagi 110 mingdan ortiq mijoz Rojdestvo arafasida elektrsiz qolgan. Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom Los-Anjeles va uning atrofidagi ba’zi tumanlarda favqulodda holat e’lon qildi.