Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kadastr pasportlarini berish muddatlari o‘zgartirildi

Kadastr pasportlarini berish muddatlari o‘zgartirildi

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonunini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Shunday qilib, pasportni tayyorlash muddati uzaytirilmoqda. Xususan, u ob’ektning murakkabligiga qarab:

• ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar uchun - 5 ish kunigacha;
• yakka tartibdagi uy-joy uchun - 8 ish kunigacha bo‘lgan muddatda tayyorlanadi.

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining yashash uchun mo‘ljallanmagan qismi va umuman ko‘p kvartirali uy bo‘yicha:

• umumiy maydonda:
- 100 kv. metrgacha - 8 ish kuni;
- 100 dan 1000 kv. metrgacha - 10 ish kunigacha;
- 1000 dan 5 000 kv. metrgacha - 15 ish kunigacha;
- 5000 dan 15 000 kv. metrgacha - 20 ish kunigacha;
- 15000 dan 50 000 kv. metrgacha - 26 ish kunigacha;
- 50 000 kv. metrdan ortiq bo‘lganda - 35 ish kunigacha muddatda tayyorlanadi.

Kiritildi: 19:25 31.05.2025. O'qildi: 458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!