Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Jurnalistlarga ID karta ko‘rinishidagi milliy guvohnoma bepul taqdim etiladi

Jurnalistlarga ID karta ko‘rinishidagi milliy guvohnoma bepul taqdim etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi matbuot kotibi Hikmatilla Ubaydullayev "Telegram"dagi kanalida ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan jurnalistning umummilliy guvohnomasini joriy etish masalasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Uning ma’lum qilishicha, jurnalistning milliy guvohnomasi -  Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining gologramma muhri bilan tasdiqlangan ID karta  jurnalistlarga bepul taqdim etiladi.

«Haqiqatan ham, Prezidentning 2 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda O‘zbekistonda axborot sohasini rivojlantirish bo‘yicha Dasturda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi (AOKA) tomonidan jurnalistning umume’tirof etilgan milliy guvohnomasi joriy etilishi belgilangan edi.

Shuni ma’lum qilamanki, Agentlik mazkur masala yuzasidan tegishli hujjat loyihasini allaqachon ishlab chiqqan va loyiha ayni paytda Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur hujjat qabul qilingandan so‘ng Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining gologramma muhri bilan tasdiqlangan ID karta  jurnalistlarga bepul taqdim etiladi», deyiladi xabarda.

Shu yil boshida O‘zbekistonda jurnalistlar uchun milliy guvohnoma joriy etilishi, u qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida ma’lumot berilgandi.

Kiritildi: 19:29 10.10.2019. O'qildi: 2010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!