Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Jurnalistlar uyushmasi "matbuot kotibining fleshkani yeb yuborgani" yuzasidan fikr bildirdi

Jurnalistlar uyushmasi "matbuot kotibining fleshkani yeb yuborgani" yuzasidan fikr bildirdi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati xodimi va «My5» telekanali jurnalistlari o‘rtasida yuzaga kelgan holat haqida xabar tarqaldi.

Kun.uz ning ma’lum qilishicha, 14 iyun kuni «My5» telekanali «Markaziy studiya» ko‘rsatuvi xodimlari Ishtixon dehqon bozoridagi oziq-ovqat rastalarida sodir bo‘lgan yong‘in tafsilotini yoritish uchun voqea joyiga borgan. Ammo jurnalistlar tuman hokimligi axborot xizmati xodimi Ilhom Boboyevning qarshiligiga uchragan. Tarqalgan videolarda voqealar tasvirga olinayotgan vaziyatda axborot xizmati xodimi kamera xotira kartasini sug‘urib olayotgani ham tushib qolgan.

"Mazkur holat O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘rganib chiqilayotganini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, Ishtixon tuman hokimligidan vaziyat yuzasidan tezkor rasmiy ma’lumot berilishini so‘raymiz", deyiladi O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining munosabatida.

Kiritildi: 22:06 15.06.2021. O'qildi: 2501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!