Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Jurnalist jonli efir paytida otib o‘ldirildi

Jurnalist jonli efir paytida otib o‘ldirildi

Gondurasda jurnalist Luis Almendaresga motosiklda qurollangan odamlar o‘q uzishdi, natijada u vafot etdi, deb xabar bermoqda mahalliy "Prensa" gazetasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jurnalistga yakshanba kuni mamlakat markazidagi Komayagua shahridan ijtimoiy tarmoq orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilayotgan paytda hujum qilingan.

Motosiklda ketayotgan ikki kishi unga bir necha marta o‘q uzib, qochib ketgan. Yarador jurnalist shoshilinch ravishda kasalxonaga yetkazilgan va operasiya qilingan. Biroq 35 yoshli Luis dushanba kuni ertalab vafot etgan.

Hozirda hukumat qotillarning kimligini aniqlashga harakat qilmoqda.

“Criterio” nashrining ta’kidlashicha, Luis Almendares mahalliy ishbilarmonlar va siyosatchilarni, ayniqsa, korrupsiya va giyohvand moddalar savdosi masalasida fosh qilishi bilan tanilgan.

Kiritildi: 20:49 29.09.2020. O'qildi: 7635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!