Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Jurnalist Jamol Xashoggining qotillari o‘lim jazosidan qutulib qolishi mumkin

Jurnalist Jamol Xashoggining qotillari o‘lim jazosidan qutulib qolishi mumkin

Saudiya Arabistonida jurnalist Jamol Xashoggining o‘limida ayblangan jinoyatchilar o‘lim jazosidan qutulib qolishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 2 oktyabr kuni jurnalist Xashoggining joniga qasd qilingandi.

Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, besh nafar ayblanuvchi Xashoggi qarindoshlarining muruvvatidan keyin hukm o‘zgarishiga ishonishmoqda.

Musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi sharafiga, marhum jurnalistning o‘g‘illari jinoyatchilarni "kechirish" to‘g‘risida qaror qildilar. "Biz, shahid Jamol Xashoggining o‘g‘illari, otamizni o‘ldirganlarni kechirganimizni bildiramiz ..." deyishdi ular.

Ma’lumot uchun, jurnalistning o‘limida ayblanganlardan 5 kishi o‘limga, uchtasi qamoq jazosiga hukm qilingandi.

2018 yil 2 oktyabrda Saudiya monarxiyasini tanqid qilgani bilan tanilgan Jamol Xashoggi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elchixonasiga bordi va g‘oyib bo‘ldi. Keyinchalik esa Turkiya huquq-tartibot idoralari diplomatik vakolatxona binosida qasddan odam o‘ldirilganini aytishdi. Anqaraga ko‘ra, Saudiya vakillari o‘z qurbonini shafqatsiz qiynoqqa solishgan, so‘ngra o‘ldirishgan.

 

Kiritildi: 16:16 22.05.2020. O'qildi: 2104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!