Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

JSSTdan niqob taqish bo‘yicha yangi tavsiyanoma

JSSTdan niqob taqish bo‘yicha yangi tavsiyanoma

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishi sharoitida niqobdan foydalanish bo‘yicha yangilangan yo‘riqnomani chop etdi. Unda aytilishicha, ijtimoiy masofaga rioya qilishning imkoni bo‘lmasa, binolar tashqarisida ham niqob taqish lozim.

Shuningdek, yetarlicha darajada shamollatilmaydigan xonalarda ham niqob taqish zarur. Yo‘riqnomada aytilishicha, bu qoidalar kattalar va 12 yoshdan yuqori bolalarga taalluqli.

JSST besh yoshgacha bo‘lgan bolalarga niqob taqishni tavsiya etmayapti. 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa epidemiologik holatdan kelib chiqqan holda niqob taqishlari mumkin.

Tashkilot niqobdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni iyun boshlarida yangilagandi. O‘shanda tibbiyot muassasalarining barcha xodimlaridan niqob taqish talab qilingandi.

Bungacha esa, JSST faqat koronavirusga chalingan bemorlargina niqob taqishi kerak deb ta’kidlab kelgandi.

Kiritildi: 07:25 03.12.2020. O'qildi: 3850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!