Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

JSST xavfli kasalliklar ortib borayotganidan ogohlantirmoqda

JSST xavfli kasalliklar ortib borayotganidan ogohlantirmoqda

Butun dunyoda qizamiq, meningit (miya pardalarining yallig‘lanishi) va sariq isitma kabi vaksina bilan oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklarning avj olishi ko‘paymoqda, emlash bo‘yicha harakatlar esa xavf ostida qolmoqda, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) e’lon qilgan bayonotda.

– Afsuski, difteriya kabi kasalliklarning ham qaytadan paydo bo‘lish xavfi kuchaygan, — deyiladi hujjatda.

– Aholi sonining ko‘payishi, gumanitar inqirozlar va moliyalashtirishning qisqarishi taraqqiyotga tahdid solmoqda, bu holat millionlab bolalar va kattalarning hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda, - deya ta’kidlaydi tibbiyot mutaxassislari.

JSST emlash dasturlarini kuchaytirish va so‘nggi 50 yil ichida bolalar o‘limini kamaytirishda erishilgan yutuqlarni himoya qilish uchun “shoshilinch va barqaror” siyosiy e’tibor va investisiyalarni jalb qilishga chaqirmoqda.

– Vaksinalar so‘nggi besh, o‘n yillikda 150 milliondan ortiq odamning hayotini saqlab qoldi, -dedi tashkilot rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus. – Vaksina bilan oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklarning avj olishi butun dunyo bo‘ylab ko‘payib bormoqda, bu esa odamlarning hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda va epidemiyalarga qarshi choralar ko‘rish xarajatlarini oshirmoqda.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning JSSTdan chiqishi haqidagi farmonni imzolagan edi. Yangi ma’muriyat JSST samarasiz, siyosiy ta’sir ostida va Qo‘shma Shtatlardan juda ko‘p mablag‘ talab qiladi, deb hisoblashini ta’kidlagan.

Joriy yil fevral oyida tashkilot rahbari JSST AQSh tashkilotni tark etganidan so‘ng, iqtisodiy inqirozi tufayli xodimlar sonini qisqartirish hamda tashkilot byudjetini kamaytirish rejasini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 18:49 25.04.2025. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!