Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

JSST salomatlik uchun xavfli bo‘lgan besh turdagi oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qildi

JSST salomatlik uchun xavfli bo‘lgan besh turdagi oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, turli xastaliklar rivojlanish xavfini oshiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Ular quyidagilar:

1 - Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari

JSST xulosasiga ko‘ra, kolbasa, dudlangan mol go‘shti, sosiska va shu singari qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Tashkilotning ma’lum qilishicha, kuniga atigi 50 gramm miqdorida shunday yeguliklarni iste’mol qilish yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanish xavfini 18 foizga oshiradi.

2 - Transyog‘lar va margarin

JSST transyog‘larni ovqatlanish rasionidan butunlay chiqarib tashlash tarafdori. Qayd etilishicha, dunyo bo‘ylab 5 milliardga yaqin odam shunday zararli mahsulotlardan himoyalanmagan. Bu esa yurak xastaliklari va o‘lim xavfini oshiradi. Ayniqsa, margarin eng zararli yog‘lardan biri hisoblanadi.

3 - Qovurilgan yeguliklar

Tamaddixonalarda qayta-qayta ishlatiladigan yog‘ sog‘lik uchun katta ziyon keltiradi. O‘z navbatida, qizartirib qovurilgan yeguliklar turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

4 - Shakar va uning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar

Shakarning me’yordan ko‘p miqdori jigarni zo‘riqtiradi va qator xastaliklarga chalinish ehtimolini oshiradi. Shu bois JSST tavsiyasiga ko‘ra, kunlik shakar iste’moli 25 grammdan oshmasligi kerak.

5 - Konservalangan va qadoqlangan taomlar

Bunday yeguliklar tarkibida ularni saqlash muddatini uzaytirishga xizmat qiluvchi zararli qo‘shimchalar mavjud. Masalan, kartoshka chipslaridagi natriy glutamat organizmni xuddi chekish bilan bir xil darajada zaharlaydi.

Qolaversa, mutaxassislar tarkibida xuddi shu modda bo‘lgan ziravor bo‘laklari sog‘likda jiddiy muammolarni yuzaga keltirish ehtimoli katta.

Kiritildi: 10:50 20.10.2024. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!