Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

JSST pandemiyaning tugashi bilan bog‘liq yangi taxminni e’lon qildi

JSST pandemiyaning tugashi bilan bog‘liq yangi taxminni e’lon qildi

JSSTning favqulodda qo‘mitasi koronavirus pandemiyasi hali uzoq vaqt davom etishini taxmin qildi.

Bu haqda tashkilotning rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

«Dunyodagi vaziyat xavfliligicha qolmoqda», deydi qo‘mita barcha hamkorlarga COVID-19ga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirar ekan.

Agentlik, shuningdek, mamlakatlarning infeksiyaga qarshi turg‘un munosabati muhimligini ta’kidlab, yoshlarni kasallik tarqalishining oldini olish uchun barcha himoya vositalaridan foydalanishga chaqirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda qo‘mitaning pandemiya bilan bog‘liq vaziyatni keyingi baholash jarayoni 3 oydan so‘ng bo‘lib o‘tadi.

1 avgust kuni ertalab dunyoda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 17,5 million kishidan oshdi. Pandemiya 188 mamlakatga ta’sir ko‘rsatdi.

Kiritildi: 22:48 01.08.2020. O'qildi: 15616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!