Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

JSST mpox bilan kasallanish 22 oy ichida rekord darajaga chiqqanini ma’lum qildi

JSST mpox bilan kasallanish 22 oy ichida rekord darajaga chiqqanini ma’lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sentyabr oyida mpox bilan kasallanishga oid 2 763 ta holatni qayd etgan.

Butun dunyoda 2024 yilning sentyabr oyida 2,7 mingdan ortiq insonda mpox virusi (maymunchechak) aniqlandi, deb xabar beradi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.

«Sentyabr oyida mpox bilan kasallanishga oid 2 763 ta holat to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Bu 2022 yilning noyabridan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, dunyoda kasallanish holati ortayotganidan dalolat beradi», — deyiladi JSST xabarida.

Statistikaga ko‘ra, avgust oyi bilan taqqoslaganda kasallanish holati 8 foizga oshgan. Eng ko‘p o‘sish holati Afrika hisobiga to‘g‘ri kelmoqda (35 foiz) — qit’ada sentyabr oyida mpox virusi 1 756 kishida aniqlangan. Shu bilan birga, Yevropada kasallanish holati sentyabr oyida 26 foizga (211 ta holat), Amerikada esa 32 foizga (426 ta holat) kamaygan.

Ta’kidlanishicha, 2022 yilning 1 yanvaridan joriy yilning 30 sentyabrida qadar dunyoning 123 ta davlatida qariyb 110 ming kishida mpox aniqlangan, bemorlarning 236 nafari vafot etgan.

Ma’lumot uchun, mpox (maymunchechagi) virusi avgust oyi o‘rtalarida Afrika mintaqasida favqulodda holat deb e’lon qilingan edi. Eng ko‘p yuqish holatlari Kongo, Burundi va Nigeriyada aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida JSST mpox’ga qarshi ilk vaksinani tasdiqlagan edi.

Kiritildi: 10:39 27.10.2024. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!