Bugun 26 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Olti karra Olimpiada chempioni Kris Xoy saratonga chalindi

Olti karra Olimpiada chempioni Kris Xoy saratonga chalindi

Velosport bo‘yicha 6 karra Olimpiada chempioni Kris Xoy prostata saratonining so‘ngi bosqichini o‘tkazmoqda. Bu haqda “The Times“ nashri xabar berdi.

“Biz barchamiz tug‘ilganmiz va o‘lamiz. Bu jarayonning bir qismi, xolos“, degan 48 yoshli atlet.

U shifokorlarga biroz uzoqroq yashashga yordam beradigan dori-darmonlarni yozib bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.

2023 yil sentyabr oyida Xoy yelkasidagi og‘riq tufayli shifokorga borgan. Tashxis vaqtida unda shish borligi aniqlangan.

Xoy Olimpiya o‘yinlarida oltita oltin va bitta kumush medalga, shuningdek, jahon chempionatlarida 11 ta g‘alabaga ega. U 2009 yilda risar unvoniga loyiq topilgan.

Ma’lumot uchun, shu yilning 26 avgust kuni futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson saraton kasalligidan vafot etgan edi.

Kiritildi: 23:25 25.10.2024. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!