Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

JSST: Metapnevmovirus yangi virus turi emas

JSST: Metapnevmovirus yangi virus turi emas

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy vakili Margaret Harris odam metapnevmovirusiga (hMPV) oid mavjud ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Harris Xitoyda qayd etilgan respirator infeksiyalar darajasi qish mavsumi uchun odatiy diapazonda ekanini ta’kidladi. Ma’lum qilinishicha, shifoxonalarning kasallar bilan to‘lganlik darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan past. Favqulodda vaziyat haqida biror-bir e’lon yoki javob choralari haqida ma’lumot kelib tushmagan.

JSST metapnevmovirus yangi virus emasligini ta’kidladi. U birinchi marta 2001 yilda aniqlangan, qishda va bahorda aylanib yuradigan keng tarqalgan viruslar qatoriga kiradi. Odatda, u shamollashga o‘xshash respirator alomatlarni keltirib chiqaradi. Ba’zi hollarda bu bronxit yoki pnevmoniya kabi og‘irroq kasalliklarga olib kelishi mumkin. Yosh va keksalar, shuningdek, immuniteti zaiflashganlar bunda eng ko‘p xavf ostidagi guruh sanaladi.

Kiritildi: 09:26 09.01.2025. O'qildi: 585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!