JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreesusning so‘zlariga ko‘ra, MV Hondius kemasining so‘nggi yo‘lovchisi karantin muddatini yakunlab, hantavirusga manfiy test natijasini olgan va uyiga qaytgan.
"25 maydan buyon kasallanishning yangi holatlari qayd etilmadi. JSST xantavirus tarqalishini yakunlangan deb hisoblaydi", — deya qo‘shimcha qildi tashkilot rahbari.
13 kishining kasallanishiga va 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan ushbu holat hantavirusning kam uchraydigan And nomli shtammi oqibatida kelib chiqqan edi.
Hantavirus — odamga kemiruvchilardan, asosan, ularning viruslangan ajralmalari orqali yuqadigan viruslar guruhi. Ular o‘pka yoki buyrak shikastlanishi kabi og‘ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Odatda hantavirus kemiruvchilar orqali yuqadi, biroq kam hollarda yaqin aloqa orqali odamdan odamga o‘tishi ham mumkin. Kasallik isitma, bosh va mushak og‘riqlari, ko‘ngil aynishi hamda charchoq kabi belgilar bilan kechadi. Virus bilan kasallanish 50 foiz holatlarda o‘lim bilan yakunlanadi.