Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

JSST: Dunyoda to‘rt hafta ichida koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichlari 8 foizga kamaydi

A A A
JSST: Dunyoda to‘rt hafta ichida koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichlari 8 foizga kamaydi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida qayd etilishicha, shu yil 9 yanvardan 5 fevralgacha 10 million 458 mingdan ortiq kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Ulardan 90 ming 520 nafari kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Bu raqamlar o‘tgan 4 hafta ichida Yer yuzida SOVID-19 ni yuqtirish holatlari 89 foizga, o‘lim holatlari esa 8 foizga kamayganini ifodalaydi.

28 kun davomida eng ko‘p bemorlar aniqlangan mamlakatlar:

Xitoy — 3,48 million,

Yaponiya — 2,43 million,

AQSh — 1,32 million,

Janubiy Koreya — 736 ming,

Braziliya — 389 ming nafar.

Eng ko‘p o‘lim holatlari qayd etilgan davlatlar:

Xitoy – 40 812,

AQSh — 15 294,

Yaponiya — 9 874,

Buyuk Britaniya — 2 671,

Braziliya — 2 566 nafar.

JSSTning tavsiyasiga ko‘ra, koronavirusni jilovlash va pandemiyani bekor qilishga erishish uchun dunyo aholisining katta qismi to‘liq bosqichda va buster dozada emlanishi zarur.

Kiritildi: 11:10 09.02.2023. O'qildi: 1517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!