Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

JSST 2050 yilgacha 11,5 millionta kasallanish holatining oldi olish bo‘yicha tavsiya berdi

JSST 2050 yilgacha 11,5 millionta kasallanish holatining oldi olish bo‘yicha tavsiya berdi

📉 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti avvalgi hisoboti orqali keyingi o‘n yil davomida dunyo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jismoniy faollik darajasi 5 foizga pasayganini ma’lum qilgandi.

📊 O‘z navbatida, agar bu tendensiya davom etsa, 2030 yilgacha kamharakatlik ko‘rsatkichi 35 foizgacha oshishi mumkinligi ham aytilgandi.

👩‍💻 JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi ushbu tahlillarga asoslanib, kecha jismoniy faollik targ‘ibotiga doir yangi qo‘llanmani e’lon qildi.

🏓 Undan o‘rin olgan ko‘rsatmalar sport mashg‘ulotlari orqali aholi salomatligini mustahkamlashni ko‘zda tutadi.

⚽️ Xususan, qo‘llanmada haftasiga 150 daqiqa o‘rtacha intensivlikdagi jismoniy faollik bilan shug‘ullanish tavsiya qilingan. Yoki 75 daqiqalik kuchli jismoniy faollik ham buning o‘rnini bosa oladi.

🩺 Aks holda, kamharakatlik infarkt, insult, 2-tur qandli diabet, demans, ko‘krak va yo‘g‘on ichak saratoni kabi kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi.

❓ Xo‘sh, byuro tavsiyalariga amal qilish orqali qanday natijalarga erishish mumkin?

📋 Yangi qo‘llanmada bu savolning javobi ham aks etgan.

🔎 Qayd etilishicha, agar Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi haftasiga 150 daqiqalik jismoniy faollikka erishsa, 2050 yilgacha 11,5 millionta kasallanish holatining oldini olsa bo‘ladi.

📌 Jumladan, 3,8 million kishi yurak-qon tomir xastaliklariga, 400 ming nafar odam saratonga chalinish xavfidan himoyalanadi.

💶 Qolaversa, bu orqali mintaqa bo‘yicha yiliga bemorlar salomatligini tiklashga sarflanadigan 8 milliard yevro miqdoridagi xarajatlarni tejashga erishiladi.

Kiritildi: 23:22 18.09.2025. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!