Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Joze Mourinyo rasman tanishtirilmay turib, “Real”dagi katta tozalashni boshladi

Joze Mourinyo rasman tanishtirilmay turib, “Real”dagi katta tozalashni boshladi

Portugaliyalik taniqli mutaxassis Joze Mourinyo “Real” bosh murabbiyligiga rasman tayinlangani e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, allaqachon jamoaning kelajakdagi qiyofasini shakllantirishga kirishdi. U "Santyago Bernabeu"ga qaytishi oldidan tarkibni batafsil tahlil qilib chiqdi.

Ispaniyaning nufuzli AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 63 yoshli murabbiy klub rahbariyatiga qimmatbaho superyulduzlarni sotib olish niyatida emasligini aniq tushuntirgan. Mourinyo o‘z jamoasida individual maqomga ega bo‘lgan emas, balki g‘alabaga bo‘lgan chanqoqlik, yuqori shiddat va jamoaviy manfaatlar uchun o‘zini qurbon qila oladigan futbolchilarni ko‘rishni istamoqda.

“Qirollik klubi”ning ketma-ket ikki mavsumni yirik sovrinlarsiz yakunlagani sabablarini o‘rgangan mutaxassis, asosiy muammo kiyinish xonasidagi muhit, ruhiyat va barqarorlikning yo‘qligida ekanini aniqladi. Shu sababli, uning transfer siyosati intizom va mehnatsevarlikka asoslanadi. Murabbiy maydonda “yugurishga, kurashishga va fidoyilik ko‘rsatishga” tayyor o‘yinchilarni qidirmoqda.

Garchi transferlar ustidan to‘liq nazorat portugaliyalik mutaxassisga berilmasa-da, u yangi keladigan futbolchilar aniqlab berishda bosh rolni o‘ynaydi. Manbaning ta’kidlashicha, Mourinyo mavsum oldi yig‘inlari boshlanishidan avval kuchaytirilishi lozim bo‘lgan chiziqlarni belgilab olgan.

Uning dastlabki rejasiga ko‘ra, tarkibga 1 yoki 2 nafar markaziy himoyachi, bittadan o‘ng va chap qanot himoyachilari hamda 2 nafar yarim himoyachi olib kelinishi kerak.

  • Yarim himoya: Jamoada muvozanatni ta’minlash uchun bitta tayanch yarim himoyachisi hamda hujumlarni rivojlantirish va vaziyatlar yaratish uchun kreativ pleymeyker kerak.

  • Himoya chizig‘i: Antonio Ryudigerga sherik bo‘la oladigan tajribali markaziy himoyachi qidirilmoqda. Shuningdek, o‘ng qanotda Trent Aleksandr-Arnold bilan raqobatlasha oladigan futbolchi sotib olinadi. Chap qanot himoyasi esa Fran Garsiyaning klubdagi kelajagiga qarab kuchaytiriladi.

Kiritildi: 23:40 30.05.2026. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!