"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyo faoliyatidagi eng katta xato qarori haqida fikr bildirdi.
"Eng katta xatoim "Real"dan ketganim bo‘lgan. O‘shanda men Florentino Peresning yangi shartnoma bo‘yicha taklifiga rad javobini berganman. U menga hozir ketish vaqti emasligini va jamoa ancha shakllangani haqida gapirgandi. Men ham buni yaxshi tushunib turganman.
Ammo men "Chelsi"ga qaytishni qattiq istagandim. Sababi, Ispaniyadagi uch yillik faoliyatim davomida qattiq charchagan edim", — dedi portugaliyalik mutaxassis.