Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Joriy yilning 12-14 dekabr kunlari Fanlar akademiyasi 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar, xalqaro anjuman o‘tkaziladi

A A A
Joriy yilning 12-14 dekabr kunlari Fanlar akademiyasi 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar, xalqaro anjuman o‘tkaziladi

Joriy yilning 12-14 dekabr kunlari Fanlar akademiyasi 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar, xalqaro anjuman o‘tkaziladi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharofova ma’lum qildi.

Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda Fanlar akademiyasining tashkil topishi va rivojlanishi hamda mustaqillik yillarida fanning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga va ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan ishchi nomi “Uchinchi Renessans tayanchi” hujjatli film suratga olish ishlari boshlandi.

Akademiya tarixi va bugunni o‘zida aks ettirgan kitob-albom nashrga tayyorlanmoqda.

Fidoyi va mehnatkash olimlar o‘z ilmiy izlanishlari natijasi bo‘lgan ko‘plab ilmiy risola va monografiyalarini 80-yillikka bag‘ishlab chop etmoqda.

Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi – akademiklikka saylov e’lon qilindi. Saylov haqidagi barcha ma’lumotlarni academy.uz rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olishingiz mumkin.

Kiritildi: 17:01 10.11.2023. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!