Qozog‘iston hukumati Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi holatini o‘rganish uchun 300 million tengedan ortiq mablag‘ ajratdi. Bu haqda respublika bosh vaziri o‘rinbosari Altay Kulginov ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform.
– Ayni paytda Xoja Ahmad Yasaviy maqbarasidagi namlik holatini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 2022-yilda maqbaraning har bir qismida harorat va namlik holatini, devorlardagi yoriqlarni nazorat qiluvchi monitoring tizimi o‘rnatildi. Tegishli vazirliklar tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot institutlari Turkiston shahriga tashrif buyurib, yer osti, yer usti (sug‘orish, sun’iy) suvlarning maqbaraga ta’sirini dastlabki o‘rganishdi”, — dedi Kulginov.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, maqbara devorlaridan g‘isht, stalaktit, qum aralashmasining fizik-kimyoviy va fizik-mexanik xossalarini aniqlash maqsadida laboratoriya tadqiqotlari olib borilgan.
Shuningdek, Kulginov joriy yilda maqbara holatini o‘rganishda bir qancha ilmiy tashkilotlar ishtirok etishini ma’lum qildi. “2022-2024 yillarga mo‘ljallangan kompleks reja ishlab chiqildi. Ushbu reja doirasida 2023-yilda turli moslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan maqbara holatini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib boriladi. Maqbara balandligi 40 metrga yaqin bo‘lgan 35 xonadan iborat bino. Shu munosabat bilan yirik binoning texnik holatini saqlash uchun har yili respublika byudjetidan moliyaviy mablag‘ ajratiladi”, — dedi Kulginov izohida.