Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Joriy yilda 21 300 km avtomobil yo‘llari va 315 ta ko‘priklar rekonstruksiya qilinadi va ta’mirlanadi

A A A
Joriy yilda 21 300 km avtomobil yo‘llari va 315 ta ko‘priklar rekonstruksiya qilinadi va ta’mirlanadi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lum qildi.

✔️ Shuningdek, yo‘l ishlari bo‘yicha texnik topshiriq shartlarini ishlab chiqishda namunaviy loyiha andozalaridan voz kechilib, har bir loyihaga alohida yondashgan holda yo‘l qoplamalari konstruksiyalariga zamonaviy materiallar va texnologiyalar qo‘llaniladi;

✔️ loyihadan ob’ektni topshirishgacha, shuningdek, ularni ekspluatasiyasi bilan bog‘liq barcha jarayonlarda talon-tarojlikka chek qo‘yish maqsadida tizim yaratiladi, bunda sohani raqamlashtirish bo‘yicha “Yagona elektron platforma”ni yaratish ishlari yakunlanadi va “test” rejimida ishga tushiriladi;

✔️ sohaga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida hududlarda 20 kmdan kam bo‘lmagan jami 260 km avtomobil yo‘llarini ekspluatasiya qilish ishlariga xususiy sektor jalb qilinadi;

✔️ 30 donadan ortiq ko‘chma va stasionar tarozilar ishga tushiriladi;

✔️ Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda A373 “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan 100 km qismida intellektual transport tizimini joriy etish ishlari olib boriladi.

Kiritildi: 16:38 05.02.2024. O'qildi: 1041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!