“Vikipediya”ni boshqaradigan notijorat tashkilot Wikimedia jamg‘armasi bugun, 3 dekabr kuni eng ko‘p tashrif buyurilgan sahifalarning yillik ro‘yxatini e’lon qildi.
“Vikipediya” AQSh siyosati haqidagi so‘rovlardan tortib, Hindistondagi kriketgacha bo‘lgan mavzularda butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar uchun ma’lumot manbaiga aylanib ulgurgan.
2024 yilda vafot etganlar ro‘yxati 44 milliondan ortiq ko‘rishlar soni bilan birinchi o‘rinni egallagan. Qayd etish joizki, 2015 yilda Wikimedia jamg‘armasi ma’lumotlarni e’lon qila boshlaganidan beri muayyan yildagi o‘limlar haqidagi sahifa besh marta ro‘yxatning birinchi o‘rnini egallagan. Mavzu hech qachon ro‘yxatda uchinchi o‘rindan pastga tushmagan.
Odamlar, shuningdek, AQSh siyosiy arboblari, Teylor Svift kabi taniqli shaxslar va mashhur Amerika filmlari, shuningdek, global sport tadbirlari va Hindistondagi umumiy saylovlar bilan ham qiziqqan. 2023 yilning eng ko‘p tashrif buyurilgan maqolasi bo‘lgan ChatGPT o‘z reytingida 12-o‘ringa tushib ketdi.
AQSh vise-prezidenti Kamola Harris va 2024 yilgi AQSh prezidentlik saylovlari mos ravishda 29 million va 28 millionga yaqin ko‘rishlar soni bilan ro‘yxatda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp beshinchi o‘rinni egalladi. U 2015 yildan beri deyarli har yili ro‘yxatda bo‘lib, bu yil u yana ro‘yxatda paydo bo‘lishidan oldin 2022 va 2023 yillarda undan tushib ketgan edi.
Quyida eng ko‘p qidirilgan 10 ta sahifa nomlari va qancha ko‘rilganligini statistikasi berilgan: