AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson CBS News telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi.
“Menimcha, agar Tramp 2022 yilda prezident bo‘lganida, Rossiya ehtimol urush boshlamagan bo‘lardi", — dedi siyosatchi.
Jonson, shuningdek, Trampning siyosiy kelajagi haqida ijobiy fikrda ekanini aytdi. U Oq uy rahbari lavozimiga nomzodni qattiqqo‘l, ammo uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi deb hisoblaydi.