Bugun, 10 avgust kuni soat 22:00 da Samarqand viloyati, Jomboy tumani, “Shayman” MFY hududida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shaxobchasi hududida avtomobillarda yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:15 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:21 da qurshab olingan va soat 22:30 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida “KIA BONGO”, “DAMAS” va “GENTRA” rusumli avtomobillar zararlangan.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.
Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari chiqqan.