Nogironlar advokatlari, maslahatchilari va vakillarining milliy konferensiyasida (ACRD) nutq so‘zlagan AQShning sobiq prezidenti, Tramp va uning ma’muriyati harakatlarini keskin tanqid qildi, shu bilan birga, amaldagi prezidentni biror marta ham ismi bilan atamadi, balki uni "bu yigit" deb atadi.
"Bu ma’muriyat hokimiyatga kelganiga yuz kun ham bo‘lmasidan AQShga shunchalik katta zarar va vayronagarchilik keltirdiki, bu odamni hayratda qoldirmoqda", — deya ta’kidladi Bayden.
Sobiq prezident, asosan Oq uyning ijtimoiy dasturlarni qisqartirish, davlat xizmatchilari sonini kamaytirish va migrantlarga nisbatan choralarini keskin tanqid ostiga oldi.