"Ochig‘ini aytganda, men shunday tezlikda harakat qila oladigan ma’muriyatda ishlashni xohlardim," - deya Oq uyning sobiq xodimlaridan birining so‘zlarini keltiradi Axios.
Bayden davrida Davlat departamentining sobiq vakili Ned Prays ta’kidlashicha, Tramp boshqa prezidentlar davrida amalga oshirib bo‘lmaydigan qarorlarni hayotga tatbiq etishga erishmoqda:
"U bularning barchasini amalga oshiradi va bunga javoban deyarli sukunat hukm suradi. U respublikachilar fraksiyasi ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘lgani uchun, avvalgi prezidentlar qila olmagan ishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega."