Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Jo Bayden AQShda koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga besh kunlik motam e’lon qildi

Jo Bayden AQShda koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga besh kunlik motam e’lon qildi

 

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatda koronavirusdan vafot etgan fuqarolar soni 500 ming nafarga yetgani tufayli, halok bo‘lganlar xotirasi uchun besh kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda maxsus brifingda Baydenning matbuot kotibi Jen Psaki ma’lumot bergan, deb yozmoqda «RIA Novosti».

 

 

Psakining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda va AQShning boshqa davlatlardagi elchixonalarida bayroqlar besh kun davomida tushirib qo‘yiladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, AQShda yaqin vaqt ichida koronavirus asoratlari oqibatida qayd etilgan o‘limlar soni 500 mingtadan oshadi.

Avval AQShda 2022 yilda ham niqob taqish majburiyati saqlanib qolishi mumkinligi, mamlakatda COVID-19 qurbonlari soni uchta urushdagi talafotlardan oshib ketgani haqida xabarlar berilgan.

 

Kiritildi: 09:15 23.02.2021. O'qildi: 1296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!