Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Jo Bayden AQSh prezidenti lavozimini tark etganidan keyin ilk intervyusini berdi

Jo Bayden AQSh prezidenti lavozimini tark etganidan keyin ilk intervyusini berdi

Qo‘shma Shtatlarning sobiq prezidenti BNC'ga bergan intervyusida Donald Tramp ma’muriyatining Ukrainani Rossiyaga hududiy yon berishga majburlashga urinishlarini 1930 yillarda Buyuk Britaniya hukumati Adolf Gitlerga nisbatan olib borgan “tinchlantirish” siyosati bilan taqqosladi.

"Vladimir Putin butun Ukrainani Rossiyaning bir qismi deb hisoblaydi, shuning uchun ham hududlarni boy berish orqali uni to‘xtataman deb o‘ylagan har bir kishi shunchaki ahmoqdir. Men nega odamlar diktatorga, jinoyatchiga o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerlarni topshirish mumkin va bu uni qoniqtiradi, deb o‘ylashini tushunmayapman", — deya fikr bildirdi Bayden.

Bundan tashqari, siyosatchi Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar holatidan xavotirda ekanini va bu munosabatlarning buzilishi “dunyo tarixini o‘zgartirishini” bildirdi. Jo Bayden Donald Trampning Panama kanali ustidan nazoratni qaytarish, Grenlandiyani egallash va Kanadani 51-shtatga aylantirish haqidagi fikrlarini keskin qoraladi.

"Nima bo‘lyapti o‘zi? Qaysi prezident buni aytgan? Biz erkinlik, demokratiya, imkoniyat tarafdorimiz, zo‘ravonlik bilan bosib olishni emas emas. Tramp ma’muriyatning harakatlari Amerika qadriyatlarini aks ettirmaydi", — deya ta’kidladi Bayden.

Kiritildi: 23:09 07.05.2025. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!