Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda xotinini farzandlari oldida o‘ldirgan er 17,5 yilga qamaldi

Jizzaxda xotinini farzandlari oldida o‘ldirgan er 17,5 yilga qamaldi

Jizzaxda o‘z xotinini farzandlari yonida pichoqlab o‘ldirgan shaxsga nisbatan 17,5 yillik qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat 2022 yil 2 sentyabr kunida sodir bo‘lgan. Jizzax viloyatining Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida yashovchi er-xotin o‘rtasida o‘zaro janjal chiqib, u uch nafar farzandi bor onaning o‘limi bilan yakun topgan.

Er janjal paytida turmush o‘rtog‘ini yuvinish xonasiga olib borib, farzandlarining ko‘z oldida ayovsiz kaltaklab, duch kelgan joyiga pichoq sanchgan. Tanasining turli qismlaridan jami 25 marta pichoq yegan ayol og‘ir jarohatlar bilan vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tumani sudi raisining aytishicha, o‘lim bilan yakunlangan janjalga oiladagi moddiy tomondan kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazo umumiy tartib kaloniyalarida o‘taladi.

Kiritildi: 21:29 27.03.2023. O'qildi: 1049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!