Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Jizzaxda o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq qarzlari undirildi

A A A
Jizzaxda o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq qarzlari undirildi

Soliq va boshqa majburiy to‘lov qarzdorligining oshib ketishi davlat byudjetiga hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir etadi.

Xususan, Jizzax viloyati soliq boshqarmasining Soliq majburiyatiga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish bo‘yicha Qarorlariga asosan "R.I" MCHJ dan 123 mln. so‘m soliq qarzi undirish bo‘yicha ijro varaqalari Byuroning Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdorning nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilib, tomonlarga nusxalari yuborilgan.

Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning hisob raqamlariga band solinib, barcha mol-mulklariga taqiq o‘rnatilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan 50 million so‘m soliq qarzdorligi naqd ko‘rinishida undirildi.

Qolgan qarzdorliklar bo‘yicha ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 19:32 18.11.2024. O'qildi: 1252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!