Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasiga turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklangan o‘qituvchi ayol murojaat qildi.
Tumanning Mirzadala shaharcha fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1988 yilda tug‘ilgan M.D.ning jahlini ayolining ruxsatsiz ota-onasining uyiga borishi chiqargan. Nima bo‘lganda ham zo‘ravonlik uchun javob berishga to‘g‘ri keladi.
Mirzacho‘l tumani ichki ishlari bo‘limi holat yuzasidan surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.