Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda Telegram'da taqiqlangan diniy material tarqatgan 19 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi

Jizzaxda Telegram'da taqiqlangan diniy material tarqatgan 19 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi

Jizzax viloyatida 19 yoshli yigit o‘zining mobil telefoni orqali 2020 yilning mart oyidan buyon O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan turli aqidaparastlik g‘oyalari yo‘g‘rilgan ma’lumotlar bilan muntazam ravishda tanishib borgan. Shundan so‘ng 58 nafarga yaqin tanishlari va boshqa shaxslarni Telegram-kanaliga qo‘shib, unga diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib, muhokama qilib kelganligi aniqlangan.

Oliy sud Matbuot xizmati kotibi Aziz Abidovning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Jizzax shahar sudida ko‘rib chiqilgan.

Sud majlisida so‘roq qilinganida u qilmishidan pushaymonligi, tarqatgan diniy materialning mazmuniga tushunmaganini bildirib, kechirishlarini so‘ragan.

Qayd etilishicha, sud jarayonida uning oilaviy holati, muqaddam sudlanmagani, mahallasidan kafolat xati bilan murojaat qilingani inobatga olingan.

19 yoshli sudlanuvchi JKning 244-1-moddasi 3-qismi "g" bandi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 17:03 22.05.2023. O'qildi: 1769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!