Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda qo‘llanilayotgan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasining afzalliklari nimada?

Jizzaxda qo‘llanilayotgan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasining afzalliklari nimada?

Suv xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Jizzax viloyati Zomin tumaniga Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkillashtirildi. Unda suvni tejash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Jizzaxda qo‘llanilayotgan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasining afzalliklari nimada?

Ilk ob’ekt chorvachilik klasteri bo‘ldi. Ushbu klaster chorvalarni doimiy ozuqa bilan ta’minlash maqsadida ekin ekadi. Biroq ular suv muammosiga duch kelgan. Shundan so‘ng muammoga yechim sifatida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi (CENTER PIVOT) Amerikadan olib kelingan.

Jizzaxda qo‘llanilayotgan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasining afzalliklari nimada?

Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Dashtobod shahri yaqinida faoliyat yuritayotgan chorvachilikka ixtisoslashgan “Jizzax organik” chorvachilik klasterida yomg‘irlatib sug‘orishning “Keng qamrovli” (CENTER PIVOT) tizimi orqali sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan.

Jizzaxda qo‘llanilayotgan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasining afzalliklari nimada?

Ayni paytda 600 gektar beda maydonlari ushbu texnologiya orqali sug‘orilmoqda. Umumiy hisobda 3 ta ob’ektda 1300 gektar maydonga 23 ta yomg‘irlatib sug‘orish texnologilari mavjud. Joriy yili umumiy hisobda 60-70%gacha suv tejaldi. Ushbu o‘rnatilgan texnologiya 405 metrlik bo‘lib, sekundiga 82 litr suv sarflaydi. Har bir purkagichlar orasi 50 sm.dan 1 metrgacha bo‘ladi, shuyga qarab suv sarfi ortib boraveradi. Ushbu texnologiya kompyuterlashtirilgan yerning namligi hisobga olingan holda, suv miqdori belgilanadi.

Jizzaxda qo‘llanilayotgan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasining afzalliklari nimada?

Afzalliklari: suv tejalishi – 35-40 % gacha, qo‘l mehnati (suvchilarga bo‘lgan talab) 90 % gacha, mineral o‘g‘itlar 25-30 % gacha tejaladi, foydalanish muddati – 15-20 yil.

Jizzaxda qo‘llanilayotgan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasining afzalliklari nimada?

Kamchiliklari: notekis va infrastruktura (elektr uzatish stolbalari, kollektorlar) bo‘lgan maydonda joriy etishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ekinlar radial sug‘oriladi, atrofda 22% yer sug‘orilmasdan qolib ketadi. Sug‘orilmay qolgan burchak yer maydonlarini sug‘orish uchun qo‘shimcha uskuna (pushka) o‘rnatish talab etiladi.

Jizzaxda qo‘llanilayotgan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasining afzalliklari nimada?

Import/eksport: AQSH, Turkiya, Ispaniya va Xitoydan import qilinadi, xozirda 1 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushirilgan (2022 yilda).

Kiritildi: 21:57 03.05.2023. O'qildi: 4829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!