2022 yil 21 yanvar soat 21 lar atrofida Zomin tumani Dashtobod shahri, O‘zbekiston mahallasidagi ovqatlanish shoxobchasida bir necha shaxs mushtlashgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining yozishicha, kelishmovchilikka Beruniy mahallasida yashovchi A.U., S.K. hamda O.R. larning yeyilgan taom uchun haq to‘lamaganliklari sabab bo‘lgan. Shu kuniyoq ayrim jabrlanuvchilar shifoxonada tibbiy yordam olgan.
O‘z navbatida holat yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Qonunbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘riladi.