Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxda MIB xodimini kaltaklagan ota-bolaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzaxda MIB xodimini kaltaklagan ota-bolaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati Arnasoy tumani bo‘limi davlat ijrochisi qarzdor T.T.dan 3,5 million so‘m davlat bojini undirish uchun uning yashash xonadoniga borgan.

Biroq ijro harakatlarini amalga oshirish vaqtida qarzdor va uning o‘g‘li davlat ijrochisining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, uni haqorat qilib, urib-tepib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 140-(haqorat) va 219-(hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:08 29.08.2022. O'qildi: 2163 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!