Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda liftga ona va chaqaloq qamalib qoldi

Jizzaxda liftga ona va chaqaloq qamalib qoldi

Shu yilning 23 iyul kuni Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Jizzax shahri Ulug‘bek mahallasida yashovchi fuqarolardan murojaat kelib tushgan.

Unga ko‘ra shu manzildagi ko‘p qavatli 16 uyning lifti ishlamay qolgan. Natijada, lift ichida 1988 yilda tug‘ilgan ayol to‘qqiz oylik chaqalog‘i bilan qolib ketgan.

Ko‘p qavatli uyda yashovchilar lift eshiklarini o‘zlari ochishga urinishgan. Harakatlari samara bermagandan so‘ng qo‘shinilar qutqaruvchilarga murojaat qilishgan.

Murojaat bo‘yicha Jizzax viloyati FVB yong‘in-qutqaruv otryadi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, liftda qolib ketgan ona va chaqaloqni qutqarib olishgan.

Kiritildi: 18:39 24.07.2022. O'qildi: 2830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!