Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Jizzaxda korrupsiyaviy jinoyatlar natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 86 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Jizzaxda korrupsiyaviy jinoyatlar natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 86 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining bugun Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor majlisida viloyatda jinoyatchilik holati va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning asosiy sabablari tanqidiy muhokama qilindi.

Tahlillariga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 2024-yil davomida 412 nafar shaxs tomonidan 303 ta, joriy yilning 1-choragida esa 88 nafar shaxs tomonidan 71 ta korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilgan. Oqibatda 2024-yilda korrupsiyaviy jinoyatlar natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 86 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Agentlik direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 21-26 aprel kunlari Jizzax shahar, Sharof Rashidov, Baxmal, G‘allaorol va Mirzacho‘l tumanlaridagi korrupsiya holati eng ko‘p yuzaga kelayotgan sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, maktabgacha va maktab ta’limi, kadastr-qurilish sohalarida 60 dan ortiq obekt hamda mahallada o‘tkazilgan o‘rganishlar ham qator kamchilik va muammolarni yaqqol ochib berdi.

Majlisda Akmal Burxanov ushbu o‘rganish yakunlari bo‘yicha axborot berdi.

Mazkur sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, shuningdek, unga imkon berayotgan shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish ishlari yetarli darajada tashkil etilmaganligining guvohi bo‘ldik, xususan, fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarida "inson omili" ustuvor bo‘lib qolayotgani, ma’lumotlar ochiqligi ta’minlanmayotgani hamda tashkilotlarning tashkiliy-tashviqot ishlari qoniqarsiz darajada ekanligi ma’lum bo‘ldi.
- dedi A.Burxanov.

O‘rganishlar mobaynida kambag‘allikni qisqartirish va
bandlik sohasida 7 nafar, kadastr 5 nafar, qurilish 4 nafar, bank va sog‘liqni saqlash sohasida 1 nafar
dan xodim muqaddam
korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan
ligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlandi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan 12 nafar davlat xizmatchisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 193⁴-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning shaxsiy javobgarligini belgilash, ijro intizomini oshirish va tegishli rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha Milliy kengashga taklif kiritildi.

Qayd etilgan masalalar yuzasidan sohalarga mas’ul bo‘lgan rahbarlar tomonidan tushuntirish berildi.

Majlisda
Sharof Rashidov tumanini “Korrupsiyadan xoli hudud
”ga aylantirishga oid alohida amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

Muhokama yakuni bo‘yicha mas’ullar zimmasiga tegishli vazifalar yuklandi.

Kiritildi: 14:28 21.05.2025. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!