Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda gaz "o‘g‘risi" qo‘lga tushdi

A A A
Jizzaxda gaz "o‘g‘risi" qo‘lga tushdi

"O‘zenergoinspeksiya" Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Do‘stlik tumanida fuqaro R. Q. o‘z xonadonida tovuq ferma tashkil etib, gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 665 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:37 20.06.2025. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!