Jizzax viloyatida shifoxona feldsheri 5 nafar fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun 400 AQSh dollari oldi. Bu haqda “Postda” xabar berdi.
Jizzax viloyati Paxtakor tumani Olmazor mahallasida yashovchi fuqaro X.A. tumanning Chamanzor qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro CH.A. hamda uning 4 nafar mahalladoshiga tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. X.A mazkur shaxslardan 400 AQSh dollari olgan.
Biroq yigit va’dasini bajarmagan, shuningdek olgan pullarini ham qaytarmagan. Natijada jabrlanuvchilar ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.