Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxda erkak tanishini bolta bilan urib, o‘ldirdi

Jizzaxda erkak tanishini bolta bilan urib, o‘ldirdi

Jizzax viloyatida erkak uyiga mehmonga kelgan tanishining boshiga bolta bilan urib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 21 fevral kuni soat taxminan 23:40 larda G‘allaorol tumanining “Buloqboshi” mahallasida sodir bo‘lgan.

Ushbu mahallada yashovchi erkak o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Jizzax shahrida yashovchi ulfatini uyiga mehmonga chaqirgan. Erkak tanishi bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilgan va buning ta’sirida ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Oqibatda uy egasi mehmon tanishining bosh qismiga bolta bilan urib, uni qasddan o‘ldirib qo‘ygan.

Ushbu holat yuzasidan G‘allaorol tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97- moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.

Kiritildi: 14:24 28.03.2023. O'qildi: 1303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!