Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda do‘kon yonib ketdi

Jizzaxda do‘kon yonib ketdi

Bugun, 16 iyun kuni soat 08:02 da Jizzax viloyati, Zomin tumani, “G‘.G‘ulom” MFYda joylashgan muzqaymoq do‘konida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 08:06 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:09 da o‘rab olingan va soat 08:20 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida do‘konning 36 kv.m maydonda shift qismi va do‘kon ichidagi jihozlari yongan.

Yong‘in sababi va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Kiritildi: 16:14 16.06.2025. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!