Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda 3 ta mashina ishtirokida dahshatli YTH: Haydovchi va yo‘lovchi mashina ichida yonib ketdi (+foto)

A A A
Jizzaxda 3 ta mashina ishtirokida dahshatli YTH: Haydovchi va yo‘lovchi mashina ichida yonib ketdi (+foto)

2020 yilning 09 sentyabr kuni soat taxminan 18:30 da Sharof Rashidov tumani Xayrobod MFY hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘li “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishining 997 kilometrida “Lacetti” rusumli avtomashina katta tezlikda harakatlanib, shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan boshqa bir “Lacetti” rusumli avtomashinaning chap yon tomoniga  urilib, yo‘lni bo‘lib turgan beton to‘siqni buzib o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Kia” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan. 

 

Jizzaxda 3 ta mashina ishtirokida ayanchli YTH: Fuqarolar mashina ichida yonib ketdi (foto)

Jizzaxda 3 ta mashina ishtirokida dahshatli YTH: Haydovchi va yo‘lovchi mashina ichida yonib ketdi (+foto)

Jizzaxda 3 ta mashina ishtirokida dahshatli YTH: Haydovchi va yo‘lovchi mashina ichida yonib ketdi (+foto)

IIV huzuridagi Tergov departamentining birlamchi ma’lumotlariga ko‘ra, katta tezlikda harakatlanib kelgan “Lacetti” avtomashinasida yong‘in kelib chiqqan, avtomashinada bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi hodisa joyda vafot etgan.

Qolgan 3 nafar yo‘lovchilar tibbiy muassasasiga yotqizilgan, ikkinchi “Lacetti” rusumli avtomashina yo‘l chetida ag‘darilib ketgan, avtomashinada bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchi tan jarohatlari olmagan, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelgan “Kia” yuk avtomashina haydovchisi ham tan jarohatlari olmagan.

Hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 09:37 10.09.2020. O'qildi: 9115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!