Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qilishicha, bir guruh shaxslar 16,6 mlrd so‘mlik soxta savdo hujjatlari rasmiylashtirib, 3 106 ta qalbaki xarid cheki orqali Soliq Mobile ilovasida keshbek mablag‘larini noqonuniy rasmiylashtirgan.
Natijada davlat byudjetiga tegishli 1,9 mlrd so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.
⚖️ Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.