Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Jizzax viloyatida «BYD Uzbekistan Factory» zavodi quriladi

Avto A A A
Jizzax viloyatida «BYD Uzbekistan Factory» zavodi quriladi

Gibrid avtomobillar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mazkur zavodni UzAuto hamda BYD Auto hamkorligida quradi.

O‘zAvtoning hamkor sifatida ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘yicha gigant avtomobil ishlab chiqaruvchisi bilan 2022 yil fevral oyida kelishuvga erishilgan edi.

«BYD Uzbekistan Factory» qo‘shma zavodi negizida BYD avtomobillari ishlab chiqarilishi joriy yilning kuziga rejalashtirilgan.

2023 yil 19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida «BYD Uzbekistan Factory»muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida avtomobillar ishlab chiqarish zavodi qurilishiga start berilgandi.

Ishlab chiqarish maydoni 10,6 gektar bo‘lgan «BYD Uzbekistan Factory» zavodi Jizzax viloyatidagi «Jizzax Auto» zavodi negizida tashkil etilib, xalqaro sifat va xavfsizlik standartlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatib, NEV avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi.

Zavodning ishlab chiqarish quvvati BYD "Chazor" va "Song Plus" modellarining birinchi bosqichda yillik 50 mingdan ortiq NEV avtomobillarini ishlab chiqarish, shuningdek, to‘liq sikl bo‘yicha avtomobillar ishlab chiqarish bazasini yaratish uchun jihozlanadi.

Bu, o‘z navbatida, korxonada 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratadi.

Bugungi kunda qo‘shma korxonaning ishlab chiqarish binosi loyihani amalga oshirishni boshlashga to‘liq tayyor.

Kiritildi: 12:02 21.05.2023. O'qildi: 4838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!